Olimpiada sovrindori uyiga qaytsa uni o‘ldirishlari mumkin

Sport 17:12 / 22.08.2016 22998

Efiopiyalik marafonchi, Rio Olimpiadasining kumush medali sovrindori Feyisa Lilesa Efiopiya hukumatiga qarshi chiqish qildi.

5 avgust kuni Efiopiyada inson huquqlari buzilishiga qarshi, siyosiy va ijtimoiy islohotlar talab qilgan holda norozilik namoyishlari o‘tkazilgandi. U marafonda marraga yetib kelgach, isyonchilarga monand tarzda qo‘llarini krest qilib ko‘tardi.

Lilesaning aytishicha, keyingi 9 oyda hukumat qo‘llagan zo‘ravonliklar tufayli mingdan ortiq kishi halok bo‘lgan.

U agar Efiopiyaga qaytsa, o‘zini o‘ldirishlariga ishonchi komil. Efiopiyada uning rafiqasi va 2 farzandi qolgan.

Ko‘proq yangiliklar: