“Aladdin” studiyasining yubiley konserti: ko‘rishga arzigulik shou!

Jamiyat 16:35 / 11.08.2016 9066

Zamonaviy estradamizni afsonaviy “Aladdin” studiyasi, uning bitiruvchilari va tarbiyalanuvchilarisiz tasavvur qilish qiyin. O‘tgan yillar davomida 50 nafardan ortiq ishtirokchilar turli Xalqaro va Respublika ko‘rik-tanlovlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritishgan, olti nafar bitiruvchimiz bolalar estrada jamoalariga rahbarlik qilishmoqda. “Aladdin” ikki myuzikl – “Orzular oroli” va “Uyda yolg‘izlar”ni sahanalashtirdi. Shuningdek studiya shahar va respublika miqyosidagi turli bayram tantanalarida muntazam ravishda ishtirok etib keladi. 

Bugungi kunda “Aladdin”da turli yoshdagi to‘qqiz guruh faoliyat olib boradi, ularda Toshkent shahrining 6 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan 100dan ortiq maktab o‘quvchilari shug‘ullanishadi. 
Kuz mavsumining ilk shanbasida Toshkentda O‘zbekiston mustaqilligining 25 yilligi va afsonaviy studiya yubileyiga bag‘ishlangan “Olovuddin va uning do‘stlari” nomli konsert dasturi bo‘lib o‘tadi. Tadbir chin ma'noda milliy tus oladi: konsertda taxminan ikki ming kishi bo‘lishi rejalashtirilmoqda. Shou Alisher Navoiy nomidagi Kino saroyining Katta konsertlar zalida bo‘lib o‘tadi.

Studiyaning yosh yulduzchalari sahnada yorqin liboslarda raqsbop musiqa sadolari ostida o‘z mahoratlarini namoyon qilishadi. Ularning beg‘uborligi va jozibasi  mehmonlar kayfiyatini ko‘tarishi shubhasiz.

Saroy sahnasida yosh iste'dod egalari bilan bir qatorda taniqli yulduzlar ham ishtirok etishadi. Kontsert tashkilotchilari konsertda ishtirok etuvchi taniqli shaxslarga doir sirlarni oxirgacha oshkor qilishmadi. Hozirgacha bilganlarimiz – Mansur Toshmatov, Saida, Samandar, shuningdek KVN va Comedy.uz rezidentlari. 

3 sentabrda Alisher Navoiy nomidagi Kino saroyida bir olam qo‘shiq va raqsbop ohanglar yangraydi, ijodiy fantaziyalar, betashvish o‘yin-kulgi va bolalarcha beg‘uborlikni o‘zida jamlagan ajoyib bayram shukuhi hukm suradi. 

Kontsert barcha yoshdagi kishilar uchun to‘g‘ri keladi! Shu bois bu dam olish oqshomini do‘stlar va oila davrasida o‘tkazish uchun ajoyib imkon, bolalar uchun esa o‘quv yili boshidagi takrorlanmas bayram tantanasi bo‘lib qoladi!

Chiptalar narxi 15  000 so‘mdan 45 000 so‘mgacha. 

Kontsert rus va o‘zbek tillarida o‘tkaziladi. Chiptalarni tashkilotchi saytida www.handsup.uz , shuningdek Saroy kassalarida qo‘lga kiritish mumkin. 

Murojaat uchun telefonlar: +99890 994 08 10, +99890 995 08 10

Tadbir hamkorlari: Dekos.uz,Istemolchi - Potrebitel, Be the Change Group, MICE Group, Unique Present Media Holding, «Bitva korporatsiy», vPodarok.uz.

Axborot hamkorlarimiz: ORIAT FM, Anons.uz, Myday.uz, Nuz.uz, Redpen.uz, Uzdaily.uz. 

Reklama huquqi asosida.

 

Ko‘proq yangiliklar: