Rossiya sabzavotlarni MDH davlatlaridan oladi

Iqtisodiyot 15:27 / 13.05.2016 17605

16 maydan kiritilishi taqiqlangan Turkiya meva va sabzavotlari o‘rni mahalliy mahsulotlar hamda MDH mamlakatlaridan amalga oshirilgan importlar orqali to‘ldiriladi. Bu haqda Rossiya Federal antimonopoliya xizmati kimyoviy sanoat boshqarmasi raisi Anna Mirocheninko so‘zlariga tayanib Sputnik xabar qildi

12 may kuni Rossiyaning veterinar va sanitar nazorat bo‘yicha Federal xizmati ("Rosselxoznadzor") rahbari Sergey Dankvert mahkama dushanbadan boshlab Rossiyaga Turkiyadan fitosanitar talablarning tizimli buzilishi tufayli ruxsat etilgan mahsulotlar ro‘yxatidagi barchasi – kabachki (qovoqning mayda, uzun turi), limon hamda greypfrutlar kiritilishini taqiqlash niyatida. Shu kundan latuk va “Aysberg” salat bargi kiritilishi ham man etiladi. Turkiyaning qator meva va sabzavotlari 1 yanvardayoq olib kirilishi taqiqlangan edi.

Rossiya Federatsiyasiga kiritilishi man etilgan meva va sabzavotlarning o‘rnini to‘ldirish to‘g‘risidagi savolga javob berar ekan Mirochinenko shunday dedi: “Ayni paytda ayrim mahsulotlar o‘rnini bosish uchun chora-tadbirlar ko‘rilganini e'tirof etish lozim. Taqiqlangan mahsulotlarning o‘rnini to‘ldirish borasida zamonaviy davlat siyosati bir necha yo‘nalishlarda ish tutmoqda. Birinchidan, yangi yetkazib beruvchilar izlanmoqda, O‘zbekiston hamda boshqa MDH davlatlari bilan faol muzokaralar olib borilmoqda. Ikkinchidan, o‘zimizda meva va sabzavotlar yetishtirishni rivojlantirish”.

Ko‘proq yangiliklar: