OAV: Ar-Riyod yaqin orada neft qazib olish rekord darajasiga chiqishi mumkin

Jahon 07:21 / 30.04.2016 14573

Saudiya Arabistoni neft qazib chiqarish yozgi mavsumda energiya tashuvchilarga talabning oshishishi arafasida yaqin haftalarda kuniga 10,5 mln barrel neft qazib chiqarish rekord darajasiga yaqinlashishi mumkin, biroq uning bozorni me'yoridan ortiq to‘yintiradigan bunday katta hajmda neft qazib chiqarishi ehtimoli juda kam bo‘ladi, deb manbalarga iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Manbalarga ko‘ra, aprelda neftga talab barqaror darajada bo‘ldi yoki biroz kamaydi va kuniga 10,15 mln barrel atrofida bo‘ldi.

Prognozlar Qatardagi neft qazib chiqarish hajmini muzlatish haqidagi muzokaralar Ar-Riyodning Eronning ishtirokisiz bitimni tuzishdan bosh tortishi sababli barbod bo‘lgandan keyin Saudiya Arabistoni sababli bozorning keskin me'yoridan ortiq to‘yinishidan xavotirlanishning kamayishiga yordam berishi mumkin.

Dohadagi muzokaralardan oldinoq Saudiya Arabistoni valaiahd shahzodasi va mudofaa vaziri Muhammad ibn Salmon mamlakatida neft qazib olish hajmi mart oyida kuniga 10 mln barrelni tashkil qilgani hamda agar istak bo‘lsa bu ko‘rsatkichni darhol 11,5 mln barrelga va 6-9 oy ichida 12,5 mln barrelga oshira olishini aytgandi. 

Ba'zi tahlilchilar shahzodaning bu gaplari Saudiya Arabistoni va Eron o‘rtasida bozor uchun kurashning yangi bosqichidan darak berishini taxmin qilgandilar. Biroq Saudiya Arabistoni neft sohasidagi manbalarning aytishicha, Ar-Riyod agar talab bo‘lmasa, bozorga keragidan ortiq neft yetkazishni rejalashtirmayapti. Ularning fikricha, shahzodaning izohlari qirollikning neft qazib chiqarish hajmini oshira olishga qodirligini ta'kidlab o‘tish uchungina aytilgan. "Kuniga 11 mln barrel? Yo‘q, men bunday bo‘ladi deb o‘ylamayman", deb aytdi manbalardan biri.

Manbalarning ma'lumotlariga ko‘ra, ehtimol, Saudiya Arabistoni neft qazib chiqarish hajmi kuniga 10,2-10,3 barrel atrofida qoladi va issiq yoz kunlari 200-300 ming barrelga ko‘payishi va 10,5 mln barrelga yetishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: