Chikagoda Obama nomidagi kutubxona quriladi

Jahon 06:44 / 01.05.2015 4171

Obama tug‘ilgan shahar Chikagoda prezident kutubxonasi barpo etiladi. Bu haqda NBC News telekanali xabar berdi. Bunday kutubxona qurish uchun Chikagodan tashqari Nyu-York hamda Gavayi shaharlari ham da'vogarlik qilgandi. Mamlakat prezidenti o‘z vaqtida Nyu-Yorkdagi Kolumbiya universitetida o‘qigan, Gavayida esa ancha muddat yashagandi. Ushbu kutubxona Chikago universiteti hududida bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Bu universitetda Barak Obama professor bo‘lib ishlagandi.

Ma'lumot uchun, Chikago shahrining janubiy qismida Obamaning uyi ham joylashgan.

Ko‘proq yangiliklar: