Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mastercard aksiya e’lon qiladi: jamoat transportida 1000 so‘mga qatnash
Aksiya 15 yanvarda 9 ta shaharda start oladi: Toshkent, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Urganch, Xiva, Namangan, Qarshi, Andijon. Aksiya qanday amalga oshadi – bu haqda maqolada o‘qing.

“ Mastercard bilan qatnov” aksiyasi jamoat transportida yo‘l haqini 1000 so‘mga tushirish imkonini beradi. Taklifdan foydalanish uchun yo‘lovchi avtobusga chiqaverishda yoki Toshkent metropolitenining turniketida joylashgan ATTO validatoriga Mastercard kartasini tekkizish orqali yo‘l haqini to‘lashi kerak bo‘ladi.
Kontaksiz to‘lovlar 20 yil oldin bozorda ilk Mastercard kontaksiz plastik kartalari paydo bo‘lganda yuzaga kelgandi. Mastercard® Contactless (avvalgi MasterCard PayPass) texnologiyasi to‘lovlarni “bir teginish” orqali, kartani terminalga tekkizish yordamida o‘tkazish imkonini beradi. Bu to‘lovning xavfsiz, tezkor va ekologik toza usuli sanaladi.
“ Mastercard bilan har qanday sayohat qulayroq va foydaliroq bo‘ladi, hatto bu shaharning u boshidan bu boshigacha bo‘lgan qisqa sayr bo‘lsa ham. Kontaksiz bank kartasi bilan yo‘l haqini to‘lash – “aqlli shaharlar” konsepsiyasining uzviy qismi bo‘lib, uni rivojlantirish ustida Mastercard butun dunyo bo‘ylab ish olib bormoqda. Bu konsepsiyaning mohiyat-zamirida texnologiyalar insonlar hayot sifatini yaxshilashi kerakligi yotadi.
Transport tizimini qo‘llab-quvvatlash va innovatsion yechimlarni joriy qilishda ko‘maklashish – O‘zbekistondagi faoliyatimizning yo‘nalishlaridan biridir. Mastercard texnologiyalari bilan shahar infratuzilmasi shaharliklar va sayyohlar uchun yanada qulay va do‘stona bo‘ladi”,- qayd etdi Mastercard’ning O‘zbekiston va Belarusdagi bosh direktori Denis Filippov.
Yo‘l haqining maxsus narxi Mastercard'ning kobeyjingdan tashqari istalgan kartalari bilan to‘lashda amal qiladi. Kobeyjing kartalari – bu bir vaqtda ikkita to‘lov tizimi tomonidan chiqarilgan kartalardir. Ularda Mastercard logotipidan tashqari, boshqa to‘lov tizimi (masalan, Uzcard yoki Humo) logotipi ham bo‘ladi.
“ Mastercard bilan qatnov” aksiyasi Toshkentda 2024 yil 15 fevralgacha, boshqa shaharlarda – 2024 yil 15 aprelgacha davom etadi. Tashkilotchi aksiya muddatini uzaytirish yoki qisqartirish huquqiga ega.
Mastercard kartasini quyidagi banklarda ochish mumkin: Anorbank, Asia Alliance Bank, Asaka Bank, Ipoteka Bank, Ipak Yo’li bank, Kapitalbank, NBU, Orient Finans Bank, Octobank, Tenge Bank, Trastbank, Turonbank, O'zsanoatqurilishbank.
“ Mastercard bilan qatnov” aksiyasi tafsilotlari bilan saytda yoki Instagramda tanishish mumkin.
Ma’lumot uchun:
Mastercard (NYSE: MA) — to‘lov industriyasida ishlovchi global texnologik kompaniya. Bizning missiyamiz – xavfsiz, sodda, texnologik va hammabop tranzaksiyalarni ta’minlab, barchaga va barcha joyda afzallik beruvchi raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish va kuchaytirish. Himoyalangan ma’lumotlar va tarmoqlardan foydalanib, hamkorliklar yaratib va ilhom manbalariga tayanib, biz insonlarga, moliya institutlariga, hukumatlarga va biznesga o‘zining kichik salohiyatini amalga oshirishda yordam beradigan innovatsiyalar va yechimlarni taqdim etamiz. Bizning madaniyatimiz va kompaniyaning ichida hamda uning tashqarisida qilayotgan bor sa’y-harakatimiz ma’naviyat koeffitsiyenti (decency quotient, DQ)ga muvofiq aniqlanadi. Biz 210 dan ziyod iqtisodiyotda biznes yuritamiz va barcha uchun bebaho imkoniyatlar eshigini ochuvchi barqaror olamni yaratamiz.
Reklama
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda Kichik halqa avtoyo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi
Jamiyat | 23:57 / 17.07.2025
-
Zelenskiy Tramp bilan «mega kelishuv»ni muhokama qilayotganini aytdi
Jahon | 23:47 / 17.07.2025
-
Toshkentda daraxtlarni kesishga cheklov bekor qilinishi kerak - tadbirkor Murod Nazarov
O‘zbekiston | 22:53 / 17.07.2025
-
Eron prezidenti avtomobili o‘chib qolganidan keyin taksi chaqirishga majbur bo‘ldi
Jahon | 22:51 / 17.07.2025
Mavzuga oid

09:00 / 04.11.2024
“Chet elda keshbek”ga qanday ega bo‘lish mumkin: Mastercard'ning yangi dasturi bo‘yicha gid

16:35 / 19.10.2024
“Hamma mamlakatda ham rasmiy vakolatxona ochavermaymiz” - Mastercard vakili

14:30 / 17.10.2023
Toshkentda Ipak yo‘li mamlakatlari direktorlarining biznes sammiti bo‘lib o‘tadi

08:59 / 29.09.2023