Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Talabalarga ta’tildagi imtiyozli chiptalarni istagan paytda sotib olish imkonini berish taklif etildi
Talabalar 26 dekabrdagi poyezd uchun chiptani sentabrda yoki oktyabrda ham 50 foizlik chegirma bilan ola olishi kerak, deya taklif bildirdi huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev. Iqtisodchi Otabek Bakirovga ko‘ra, bu imtiyoz monetizatsiya qilinishi, poyezd va samolyot chiptasi uchun chegirmalar pul ko‘rinishida berilishi to‘g‘ri bo‘ladi.

Foto: Kun.uz
O‘zbekistonda har yili qishki ta’til arafasida talabalar uchun mahalliy yo‘nalishlardagi poyezdlarga chegirma beriladi. Bu yilgi 50 foizlik chegirma 25 dekabrdan 2024 yilning 7 yanvargacha amal qiladi. Imtiyoz SV /VIP klass vagonlari va yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdi uchun amal qilmaydi.
Bu e’londan keyin, ijtimoiy tarmoqlarda chiptalar deyarli sotib bo‘linganidan keyin talabalar uchun chegirma berilishi yana tanqidlarga sabab bo‘ldi. Bunga javoban “O‘zbekiston temiryo‘llari” AJ bir nechta yo‘nalishlarda qo‘shimcha poyezdlar qo‘yish rejalashtirilganini ma’lum qildi. Bular: “Toshkent – Urganch”, “Toshkent – Nukus”, “Toshkent – Samarqand”, “Toshkent – Qarshi”.
Bu mavzu kuni kecha jamoatchilik faollarining YouTube'dagi “Lolazor” podkastida ham muhokama qilindi. Unda iqtisodchi Otabek Bakirov va huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev har yili beriladigan bu chegirma doimiy ravishda amal qilishini belgilab qo‘yishni taklif qildi.
“Imtiyoz talabalarga ham, o‘quvchilarga ham kerak. Butun dunyoning tajribasi shunday. Ammo bu manzilli bo‘ladi, talabaning o‘rnidan kimdir foydalanib ketib qolmaydi.
Imtiyoz talabaning jinsi va ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i nazar, hammasiga taalluqli bo‘ladi. Ikkinchidan, men transport kompaniyalaridan mazkur qoidalarni hamisha saqlab qo‘yishlarini so‘rardim. Ya’ni iyul oyidayam, avgust oyidayam talabalar biletlarni 50 foizlik chegirma bilan olishi lozim”, dedi Bakirov.
Xushnudbek Xudoyberdiyev talabalarga temiryo‘l va aviachiptalarga chegirmalarning juda kech, ya’ni amalda birorta chipta qolmagandan keyin e’lon qilinishini tanqid ostiga oldi.
“Bugun 8 dekabr (podkast yozilgan kun – tahr.), hali poyezdga chegirmalar e’lon qilinmadi. Aytaylik, bu 10 dekabrda e’lon qilindi. Ammo mazkur sanaga kelib 24 dekabrdan 27 dekabrgacha bo‘lgan hamma biletlar sotib bo‘lingan bo‘ladi. Shu jihatdan talaba nima uchun 10 dekabrni kutishi kerak? Sentyabrda yoki oktyabrda ham 50 foiz chegirma bilan 26 dekabrga moslab bilet olib qo‘ysa ham bo‘ladi-ku” dedi u.
Otabek Bakirovning fikricha, talabalar ularga taqdim qilinayotgan imtiyozlarni pul ko‘rinishida olishi kerak.
“Poyezd va samolyotga alternativa – avtomobil transporti. Ammo avtomobil transporti haddan tashqari narx o‘zgaruvchanligiga moyil. Bayramlar arafasida eng ko‘p e’tirozlar taksichilarga bo‘ladi. Chunki narxlar talab o‘sishidan ham tezroq qimmatlashadi. Shu sababdan ham bu yo‘nalishda davlat imtiyozlarni nomiga beradigan emas, balki haqiqiy, ishlaydigan tizim yaratilishi kerak.
Boshqa yana bir yo‘li bor. Bu – imtiyozlar monetizatsiyasi. O‘sha “O‘zbekiston havo yo‘llari”ning, o‘sha “O‘zbekiston temiryo‘llari”ning 50 ming talabaga beradigan imtiyozlarining puldagi qiymati bor. Shu shartli qanchadir 10 yoki 100 mlrd so‘mni talabalar pul ko‘rinishida olishi kerak. Imtiyozlar butunlay bekor qilingan taqdirda, har yili davlat bayramlar paytida imtiyozlarning puldagi qiymatini talabalar stipendiyasiga qo‘shib berishi kerak.
Bu narsani pensionerlarga ham tatbiq qilsa bo‘ladi. Masalan, pensionerlarga metrodan foydalanish tekin, lekin ularning 10 foizi ham bundan foydalanmaydi, mobil emas. Ammo metropolitenga har yili budjetdan “pensionerlar yurdi” deb, subsidiya beriladi. Shuni pul ko‘rinishida pensionerlarning o‘ziga berish kerak”, – dedi iqtisodchi.
Eslatib o‘tamiz, bu yil OTMlarda qishki ta’til 25 dekabrdan 7 yanvarigacha davom etadi. Darslar 8 yanvar, dushanbadan boshlanadi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
O‘zbekiston | 11:41 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
TSAHAL ilk bor Eron hujumi oqibatida harbiy obektlarga shikast yetganini tan oldi - Reuters
Jahon | 05:05
-
Interpol firibgarlik uchun qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosini Litvada qo‘lga oldi
Jamiyat | 23:47 / 08.07.2025
-
O‘zbekistonda IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish tartibi bekor qilinadi, xorijdan qaytgan fuqarolar majburiy tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:35 / 08.07.2025
-
AQSh import bojlaridan keladigan daromad 300 mlrd dollardan oshishini kutmoqda
Jahon | 23:23 / 08.07.2025
Mavzuga oid

21:59 / 07.07.2025
Magistraturaga hujjatlar qabuli boshlandi

13:30 / 05.07.2025
Xususiy OTM uchun litsenziya talablari o‘zgardi, bu yaxshimi yoki yomon? – mutaxassislar bilan suhbat

08:03 / 05.07.2025
O‘zbekiston universiteti xalqaro reytingda eng kuchli 500 ta OTM qatoridan joy oldi

12:18 / 04.07.2025