Bayden AQSh davlat qarzi chegarasini oshirish haqidagi qonun loyihasini imzoladi

Jahon 00:01 / 04.06.2023 10529

AQSh prezidenti Jo Bayden mamlakatning davlat qarzi chegarasini oshirish haqidagi qonun loyihasini imzoladi. Bu haqda Oq uy saytida xabar berildi.

Prezident tomonidan imzolangan 2023 yilgi Moliyaviy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunda davlat qarzi limiti 2025 yil 1 yanvargacha to‘xtatiladi va to‘xtatib turish davrida qabul qilingan majburiyatlarni bajarish uchun limit 2025 yil 2 yanvardan oshiriladi, deyiladi press-relizda.

Bundan tashqari, qonun yangi ixtiyoriy xarajatlar chegaralarini belgilaydi, ba’zi federal dasturlar bo‘yicha ish talablarini kengaytiradi, ekologiya ekspertizasi jarayonlarini o‘zgartiradi, talabalar krediti bo‘yicha cheklovlarni olib tashlaydi va h.k.

Avvalroq Bayden mamlakatdagi davlat qarzining chegarasini oshirish to‘g‘risidagi qonun loyihasi tufayli Qo‘shma Shtatlardagi inqirozning oldi olingani, biroq «xatarlar har qachongidan ham yuqori» bo‘lganini ma’lum qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: