O‘zbekiston va Vetnamning Nyachang shahri o‘rtasida doimiy aviareyslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekiston 08:55 / 03.06.2023 5774

Madaniyat va turizm vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, tadbirda ikki davlatning yetakchi mehmonxona brendlari va turizm kompaniyalari rahbarlari ishtirok etishdi.

Ta’kidlanganidek, bugungi kunda O‘zbekiston va Vetnam o‘rtasida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlik tobora kengayib bormoqda. Ikki davlatlar o‘rtasida sayyohlar oqimi ortdi. 2022 yil yakunlariga ko‘ra, Vetnamdan O‘zbekistonga ming nafar sayyoh kirib kelgan.

2023 yilning iyun oyidan boshlab O‘zbekiston va Vetnamning Nyachang shahri o‘rtasida doimiy to‘g‘ridan to‘g‘ri aviareyslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu ikki mamlakat turizm sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlar uchun yangi imkoniyat va muhim qulayliklar yaratadi.

Tomonlar ikki mamlakatning turizm imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda o‘zaro manfaatli kelishuvlarga erishish borasida muzokaralar o‘tkazishdi.

Ko‘proq yangiliklar: