Daraxtlarni kesganlik uchun jazo choralari kuchaytiriladi

O‘zbekiston 16:56 / 03.06.2023 7561

O‘zbekistonda daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilishiga qo‘yilgan moratoriy talablarini buzganlik uchun ma’muriy jarimalar miqdori 5 baravarga oshiriladi. Prezident farmonida shu haqda ma’lum qilindi.

Shuningdek, hujjatga ko‘ra, kesilgan daraxt o‘rniga kompensatsiyaviy daraxt ko‘chatlari ekish majburiyati belgilanadi. Bunda qo‘shimcha ravishda yuridik shaxslarga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan 300 baravarigacha bo‘lgan miqdorda jarimalar qo‘llanadi.

2024 yil 1 yanvardan davlat o‘rmon fondi uchastkalari faqat E-auksion platformasi orqali ijaraga beriladi. 2023 yil 1 iyuldan chiqindi poligonlarini xususiylashtirish taqiqlanadi.

2023 yil yakunigacha har bir davlat tashkiloti va hokimlikning o‘z bog‘lari tashkil etiladi hamda 3 yil davomida parvarishlanadi. 

2024 yil 1 yanvardan uy sharoitida yoki kasanachilik asosida daraxt va buta ko‘chatlarini (nihol) yetishtirish faoliyati o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) hisoblanadi.

Ko‘proq yangiliklar: