Asakabank "Mastercard bilan Venetsiyaga” aksiyasini boshladi

O‘zbekiston 12:50 / 03.06.2023 8268

Asakabankda yangi premium karta «Mastercard World black edition» joriy qilindi

Asakabank o‘z mijozlari uchun "Mastercard bilan Venetsiyaga” aksiyasini e’lon qildi.

Asakabank navbatdagi aksiyasida Mastercard World black edition kartasi egalariga tranzaksiyalarni amalga oshirib Xalqaro Venetsiya kinofestivalida ishtirok etish va qimmatbaho sovg‘alar yutib olish imkoniyatini taqdim etadi.

Aksiyada ishtirok etish uchun:

- Asakabankdan Mastercard World Black Edition kartasini rasmiylashtirish;

- O‘zbekiston va chet eldagi terminallarda yoki onlayn tarzda tranzaksiyalarni amalga oshirish kifoya. Har bir yig‘ilgan $50 lik summa bu bitta imkoniyat.

Bu bilan foydalanuvchi avtomatik tarzda aksiya ishtirokchisiga aylanadi. Aksiya g‘oliblari:

1-o‘rin - bosh sovrin Xalqaro Venetsiya kinofestivaliga 2 kishilik sayohat yo‘llanmasi;

2-o‘rin Galaxy S21;

3-o‘rin LG SMART 50 UHD kabi yutuqlarga ega bo‘lishadi.

Aksiya 2023 yilning 1 iyunidan 15 iyulgacha davom etadi. G‘oliblar random usulida aniqlanadi.

Aksiya haqida batafsilroq ma’lumot Asakabank.uz saytida

Reklama huquqi asosida

 
Ko‘proq yangiliklar: