2023-2024 o‘quv yilidan boshlab har bitta hududda «Barkamol avlod» bolalar maktablari tashkil etiladi

O‘zbekiston 11:48 / 03.06.2023 7187

Farmonga ko‘ra, 2023/2024 o‘quv yilidan «Sirdaryo tajribasi» asosida har bitta hududda bittadan zamonaviy «Barkamol avlod» bolalar maktablari tashkil qilinadi.

2023-2024 o‘quv yilidan  bosqichma-bosqich maktablarning 1-4-sinflarida o‘quvchilarga boshlang‘ich, 5-9-sinflarida tayanch hamda 10-11-sinf o‘quvchilarining qiziqish va qobiliyatiga mos o‘quv dasturlari va o‘quv-metodik majmualar joriy etiladi.

Baholashning yangi tartibi joriy qilinadi. Bunda o‘quvchining o‘tilgan mavzuni amaliyotda qo‘llay olishi, tanqidiy fikrlash va tahlil ko‘nikmalari baholanadi.

Boshlang‘ich sinflarda informatika, o‘rta sinflarda esa o‘quvchilarning moliyaviy savodxonlik darslari o‘tiladi.

Barcha fanlar bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar ulushi 60 foizga yetkaziladi.

2024 yil 1 yanvardan maktabga birinchi marta ishga qabul qilinayotgan o‘qituvchilarni kasbiy sertifikatlash joriy etiladi.

Ko‘proq yangiliklar: