Saudiya Reuters, Bloomberg va WSJ jurnalistlarining OPEK+ yig‘ilishida qatnashishini taqiqladi - FT

Jahon 12:01 / 01.06.2023 4486

Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti (OPEK) 4 iyun kuni bo‘lib o‘tgan OPEK+ yig‘ilishi chog‘ida Reuters, Bloomberg va The Wall Street Journal (WSJ) jurnalistlariga Venada o‘z qarorgohiga tashrif buyurishni taqiqladi, deb xabar berdi Financial Times (FT) vaziyatdan xabardor manbalarga tayanib. Ular taqiq Saudiya Arabistoni tashabbusi ekanini aytishdi. 

Uchrashuvga taklif etilmagan nashrlardan birining suhbatdoshi taqiqni tasdiqladi - WSJ, Reuters va Bloomberg jurnalistlari shu hafta oxirida Venada bo‘lib o‘tadigan OPEK+ yig‘ilishiga qo‘yilmaydi. OPEK+ davlatlari 4 iyun kuni 2023 yilning ikkinchi yarmi uchun neft qazib olish siyosatini kelishib olishadi. FT’ning o‘zi va bir qator boshqa nashrlar yakshanba kungi yig‘ilishga taklifnoma oldilar. 

Gazeta jurnalistlarni OPEK+ yig‘ilishiga kiritmaslik qarori sabablarini aniqlay olmadi. Ammo FT ta’kidlashicha, taqiq neft narxining o‘zgarishiga olib keladigan uchrashuv boshlanishidan oldin uning natijalari haqidagi yangiliklar oldini olish uchun mo‘ljallangan. Saudiya Arabistoni energetika vaziri Abdulaziz bin Salmon Ol Saud 23 may kuni Qatar iqtisodiy forumida neft spekulyatorlarini «ehtiyot bo‘lishga» chaqirdi. 

Dunyoning eng yirik neft eksportchisi Saudiya Arabistoni va boshqa OPEK+ a’zolari aprel oyida kutilmaganda neft narxi oshishiga sabab bo‘lgan ishlab chiqarishni ixtiyoriy ravishda qisqartirishlarini e’lon qildi. Bungacha neft narxi bank sektoridagi inqiroz energiya talabiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligidan xavotirlar fonida tushayotgan edi. OPEK+ harakatlari tufayli spekulyatorlar keyinchalik yo‘qotishlarga duch kelishdi. 

Ko‘proq yangiliklar: