Reuters: JAR BRICS sammitini Xitoyga topshirishi mumkin

Jahon 11:28 / 01.06.2023 5172

JAR BRICS sammiti (Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va JAR) doirasida Xalqaro jinoiy sud (XJS)ning talablaridan qochishi mumkin bo‘lgan variantlarni o‘rganmoqda. Eng maqbul variantlardan biri sammitni XJS yurisdiksiyasini tan olmaydigan Xitoyga ko‘chirishdir, deb yozadi Reuters agentligi JAR hukumatidagi manbaga tayanib. 

JAR avvalroq Sudan sobiq prezidenti Umar al-Bashirni hibsga ololmagani uchun norozilik namoyishlaridan so‘ng XJSdan chiqish niyatida ekanligini bildirgan edi. U XJS tomonidan genotsidda ayblanib qidiruvga berilgan, ammo 2015 yilda Yoxannesburgdagi Afrika ittifoqi sammitida qatnashgan. 

Xalqaro aloqalar departamenti bosh direktor Zeyn Dangorning axborot agentligiga aytishicha, sammitga tashrif jarayoni bilan shug‘ullanuvchi vazirlar yaqin orada uchrashib, variantlarni ko‘rib chiqadi. Uning qo‘shimcha qilishicha, bu masala bo‘yicha «qat’iy qaror» qabul qilinmagan. Anonimlik sharti bilan gapirgan yuqori martabali hukumat mulozimining agentlikka aytishicha, JAR rasmiylari uchun eng maqbul variant - BRICS’ning avvalgi raisi Xitoydan sammitga mezbonlik qilishni so‘rash.

Sobiq prezident Tabo Mbeki 25 may kuni 702 radiostansiyasiga sammit JARda bo‘lib o‘tmasligini aytdi. 30 may, seshanba kuni davlat korxonalari vaziri o‘rinbosari Obed Bapela BBC’ga JAR Pretoriyaga XJS tomonidan qidirilayotgan rahbarlarni hibsga olish yoki buni qilmaslik huquqini beradigan qonun qabul qilishni rejalashtirayotganini aytdi. JAR Adliya vazirligining ismi sir qolishini istagan vakili aytishicha, parlament BRICS sammiti oldidan bunday qonunni tasdiqlay olmaydi. 

Ko‘proq yangiliklar: