Rossiyadan patron va gilzalarni olib chiqib ketish taqiqlandi

Jahon 14:31 / 31.05.2023 6285

Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin tomonidan imzolangan farmonda ta’kidlanishicha, bu «tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida maxsus iqtisodiy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi va «davlat manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan» prezident farmonini amalga oshirish uchun qilingan. 

Hujjatda boshqa tafsilotlar keltirilmagan. 

Taqiq yil oxirigacha amal qiladi va «Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlari, boshqa qo‘shinlari, harbiy tuzilmalari faoliyatini ta’minlash» uchun patronlar va gilzalarni olib chiqib ketish holatlarida qo‘llanilmaydi. 

Shuningdek, ov qilish, sport tadbirlarida, ko‘rgazmalarda yoki tarixiy-madaniy tadbirlarda qatnashish uchun patronlar va gilzalarni olib chiqishga ruxsat etiladi. 

Ko‘proq yangiliklar: