AQShning Toshkentdagi elchixonasi viza yig‘imi miqdori oshirilishini ma’lum qildi

O‘zbekiston 16:34 / 31.05.2023 7142

17 iyundan boshlab AQSh hukumati viza yig‘imi miqdorini oshirmoqda. Bu haqda AQShning Toshkentdagi elchixonasi matbuot xizmati xabar berdi

Ularga ko‘ra, AQSh turistik va ishbilarmonlik vizalari (B1, B2 va BCC) hamda talaba vizasi va almashuv bo‘yicha mehmon vizalari kabi ariza talab qilmaydigan boshqa noimmigratsion vizalar narxi 160 dollardan 185 dollargacha oshiriladi. 

Vaqtinchalik ishchilar (H, L, O, P, Q va R toifalari) uchun petitsiya asosidagi boshqa noimmigratsion vizalar uchun viza yig‘imlari 190 dollardan 205 dollargacha ko‘tariladi. 

Davlat departamenti bayonotida noimmigratsion vizalar uchun to‘lovlar konsullik xizmatlari narxiga asoslanishi tushuntirildi. 

Aksariyat vizalar uchun viza yig‘imi miqdori oxirgi marta 2012-2014 yillarda yangilangan.

Ko‘proq yangiliklar: