With Chery With Love: Roodell Chery Tiggo 8 egalari uchun unutilmas tadbir uyushtirdi

O‘zbekiston 16:50 / 30.05.2023 9799

Chery avtomobillarining rasmiy distribyutori Roodell Chery Tiggo 8 egalari va ularning oila a’zolarini “With Chery With Love” shiori ostida o‘ziga xos tadbirda jamladi. Golden Fish Resotr'ning rohatbaxsh nuqtasida o‘tkazilgan qiziqarli dastur oddiy uchrashuvni quvonch, iliqlik va ko‘plab ijobiy his-tuyg‘ularga to‘la haqiqiy bayramga aylantirdi.

Tadbir boshidanoq Chery Tiggo 8 egalari va ularning oila a’zolari tashkilotchilarning g‘amxo‘rligi va mehmondo‘stligini yaqindan his qildi. Ishtirokchilar iliq kutib olindi, har bir oila maxsus ajratilgan hududlarda tadbirdan ajoyib esdalik bo‘lib qoluvchi suratlarga tushdi.

Dastur turli master-klass va tadbirlarga boy bo‘lib, mehmonlarga ijod olamiga sho‘ng‘ish va kundalik shovqin-suronni unutish imkonini berdi. Ta’kidlash joizki, tadbirda xizmat ko‘rsatish bo‘limi xodimlari ishtirok etib, kun davomida avtomobil egalariga maslahat berib, Chery avtomobillari bo‘yicha turli savollarga javob berdi.

Tadbirning eng esda qolarli lahzalaridan biri bu Golden Fish Resort hududida joylashgan bir nechta suv havzalaridan baliq ovlash imkoniyati bo‘ldi. Chery Tiggo 8 egalari va ularning oila a’zolari baliq ovlash, osoyishtalik va tinchlikdan bahramand bo‘lishi, keyin esa mehmonlar uchun maxsus tayyorlangan mazali tushlikdan zavqlanishi mumkin edi.

“Menga tadbirning tashkil etilishi juda yoqdi. Hammasi eng yuqori darajada — betakror joylashuvdan tortib ajoyib hamrohlikkacha”, — deb ta’kidladi ishtirokchilardan biri.

Butun tadbir davomida DJ mehmonlarning kayfiyatini yengil va ko‘tarinki ruhdagi musiqalar bilan ko‘tarib, o‘ziga xos bayram muhitini yaratdi. Tadbir boshlovchisi nafaqat mehmonlarni xursand qildi, balki bir qancha tanlovlar o‘tkazib, g‘oliblarga Chery brendining sovg‘alarini taqdim etdi. 

“Men Chery rusumli avtomashinani tanlaganimdan juda xursandman. Men doimo kerakli maslahatlarni olaman va ko‘rsatilayotgan xizmat sifatidan mamnunman. Shuningdek, bunday tadbirlar biz uchun tashkil etilganidan xursandman”, — deya qayd etdi mehmonlardan biri.

Shuningdek, mehmonlar uchun hayvonot bog‘iga sayr qilish, ot minish va oqqushlarni boqish, tabiat hamda atrof-muhit go‘zalligidan zavqlanish imkoniyati yaratildi.

Tadbir yakunida har bir ishtirokchi o‘z ovlagan balig‘ini olishga muvaffaq bo‘ldi. Iliq va do‘stona muhitda Chery Tiggo 8 egalari va ularning oila a’zolari tadbirning unutilmas taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi va hamfikrlar bilan aloqalarni mustahkamladi.

“Menga tadbir juda yoqdi. Shaxsan men uchun bu tasavvurimdagi eng yaxshi dam olish kuni. To‘g‘ri mashina tanlaganimga bir soniya ham shubha qilmadim”, — deydi yana bir mehmon. 

Shuni ta’kidlash kerakki, Chery mavjud modellarning har birining egalari uchun turli xil tadbirlarni tashkil qiladi. Masalan, mart oyida Chery Tiggo 7 Pro egalari Uzumfermer manzilida Navro‘z bayramini nishonlagandi.

“With Chery With Love” tadbiri yakunda barcha ishtirokchilar uchun yorqin va esda qolarli voqeaga aylandi. Mehmonlar puxta o‘ylangan va tayyorlangan dastur uchun tashkilotchilarga chuqur minnatdorlik bildirdi.

Roodell tashabbusi bilan “With Chery With Love” mijozlarning har biriga g‘amxo‘rlik va e’tibor ko‘rsatish orqali ular uchun ijobiy va foydali muhit yaratish bo‘yicha yorqin namunaga aylandi. Aynan shunday tadbirlar Chery egalarini haqiqatan xursand qilib, tanlagan avtomobilining sifatiga ishonch hosil qiladi.

Chery Uzbekistan rasmiy sahifalari

Veb-sayt: https://cheryauto.uz

Instagram: https://www.instagram.com/cheryuzbekistan/

Telegram: https://t.me/cheryuzbekistan

Bot: https://t.me/cheryuzbekistanbot

Facebook: https://www.facebook.com/CheryUzbekistan

YouTube: https://www.youtube.com/@cheryuzbekistan

Murojaat uchun telefon: 71 276-55-55

Reklama

Ko‘proq yangiliklar: