Moskvadagi ko‘p qavatli uylar va shahardagi hovlilar dronlar hujumidan keyin qanday ko‘rinishda - fotosuratlar

Jahon 21:06 / 30.05.2023 53544

Uchta turar joy binosi — Moskva shahridagi Leninskiy prospekti va Profsoyuznaya ko‘chasidagi, shuningdek Novaya Moskvadagi Atlasova ko‘chasidagi uylar — 30 may kuni dronlar zarbasiga uchradi. Shahar rasmiylari binolar kichik shikastlanishga uchragani, «hech kim jiddiy jarohat olmagani»ni ma’lum qilgan. Shunga qaramay, Moskva meri Sergey Sobyaninning so‘zlariga ko‘ra, ikki kishi tibbiy yordam so‘rab murojaat qilgan, dronlar kelib urilgan uylardagi bir qancha pod’yezdlar aholisini esa vaqtincha ko‘chirishga to‘g‘ri kelgan. Dronlar hujumi fakti bo‘yicha RF JKning 205-moddasi (terrorchilik akti) asosida jinoiy ish ochilgan. 

Leninskiy prospekti, 92-uy, 1-korpus
Kirill Kudryavsev / AFP / Scanpix / LETA
Leninskiy prospektidagi uyda dron derazalarga zarar yetkazgan
Maksim Shemetov / Reuters / Scanpix / LETA
Hujumda samolyot tipidagi dronlar qatnashgan. Foto: TASS
Profsoyuznaya ko‘chasi 98-uy o‘rab olingan
Denis Voronin / «Moskva» agentligi / AP / Scanpix / LETA
Politsiya xodimlari Atlasova ko‘chasidagi 11-uy atrofida
Profsoyuznaya ko‘chasida dron kelib urilgan uy aholisi vaqtincha evakuatsiya qilindi. Bir necha soat o‘tib ularga uyga qaytishga ruxsat berilgan. Foto: Aleksey Nikolskiy / imago images / Scanpix / LETA
Leninskiy prospektidagi 92-uy oldida qulagan dron parchalari
Foto: Aleksandr Shcherbak/TASS
Tergov qo‘mitasi tergovchilar Moskvadagi binolarga dronlar qulashi faktlari bo‘yicha o‘rganish boshlaganini ma’lum qilgan
Foto: Aleksandr Shcherbak/TASS
Moskvada dronlar hujumidan keyin ikki kishi shifokorlarga murojaat qilgan
Foto: Aleksandr Shcherbak/TASS
Atlasova ko‘chasidagi uyning dron zarbasidan keyingi ko‘rinishi
Kirill Kudryavsev / AFP / Scanpix / LETA
Rossiya mudofaa vazirligidagilar rossiyalik harbiylar Kiyev Moskvadagi obektlarga hujum qilishni rejalashtirgan sakkiz dronni urib tushirgani haqida  ma’lum qilgan.​​​​​​
Foto: Vitaliy Smolnikov/TASS

Dron Atlasova ko‘chasidagi uy korpusiga va yuqori qavatdagi kvartiralardan biriga shikast yetkazgan
Maksim Shemetov / Reuters / Scanpix / LETA
Dronlarning uchtasi radioelektron kurash vositalari yordamida to‘xtatilgan, boshqaruvni yo‘qotgan va belgilangan nishondan chetga og‘ib ketgan. Foto: Aleksandr Shcherbak/TASS
Uchuvchisiz uchar apparatlardan beshtasi Moskva oblastida "Pansir-S" zenit-raketa kompleksi orqali urib tushirilgan.
Foto: TASS

 

Ko‘proq yangiliklar: