Kiyevga bir kunda ikki bor hujum va Donbassdagi dronlar. Urush suratlari

Jahon 17:26 / 30.05.2023 17713

Ukrainada urushning 460-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Kiyev yana bir bor havo hujumiga uchradi — Kiyev shahri harbiy ma’muriyati rahbari Sergey Popkoning ma’lumotiga ko‘ra, bu may oyidagi 16-havo hujumi bo‘ldi. U havo hujumidan mudofaa kuchlari rossiyaliklarning 40 ta droni va qanotli raketalarini urib tushirganini ma’lum qilgan. Raketalardan birining parchasi qulashi oqibatida tinch aholi vakillaridan biri halok bo‘lgan.
  • Belgorod oblastidagi bir qancha aholi yashash manzillari o‘qqa tutildi. Grafovka qishlog‘ida tinch aholi vakillaridan biri halok bo‘ldi.
  • Ukraina Oliy radasi G‘alaba kunini 8 mayga ko‘chirdi.
  • Rossiyada harbiy holat to‘g‘risidagi qonun o‘zgartirildi. Endi anneksiya qilingan hududlarda saylovlar o‘tkazilishi, shuningdek odamlar deportatsiya qilinishi mumkin.

Kiyevga yangi havo hujumi

Rossiya qo‘shinlari 29 may kuniga o‘tar kechasi va tongda Kiyev bo‘ylab navbatdagi raketa zarbalarini yo‘lladi — bu Ukraina poytaxtiga oy boshidan buyon uyushtirilgan 16-hujum bo‘ldi. Kiyev shahri harbiy ma’muriyati rahbari Sergey Popkoning ma’lum qilishicha, avvaliga tunda 29 ta dron uchib kelgan, olti soat o‘tib «Iskander» tizimlaridan ballistik tipdagi 11 ta raketa bilan zarba berilgan - barcha nishonlar urib tushirilgan. Ammo bir qancha rayonlarda ularning parchalari qulagan. Shahar meri Vitaliy Klichkoga ko‘ra, bir kishi yaralangan.

Kiyev osmonidan dron va raketalarni qidirish jarayoni
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Rossiyaliklar raketalaridan birining Kiyev ustida portlashi
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Dym i sledy ot rossiyskix raket nad Kiyevom
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Havo trevogasi chog‘ida metroga yashiringan kiyevliklar
Alina Smutko / Reuters / Scanpix / LETA
Rossiyaliklarning urib tushirilgan raketasini ko‘zdan kechirayotgan politsiyachilar
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA

Toretsk o‘qqa tutilishi oqibatlari

Ukraina nazoratidagi Toretsk shahri Rossiya qo‘shini egallab olgan Baxmut shahridan taxminan 30 kilometr masofada joylashgan. Donetsk oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Pavel Kirilenkoning ma’lum qilishicha, 29 may tongida RF armiyasi Toretskka FAB-250 aviabombasi bilan zarba bergan — avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasi va ko‘p qavatli uy shikastlangan. Kechga yaqin Kirilenko tinch aholi vakillaridan ikki kishi halok bo‘lib, sakkiz kishi yaralangan.

Rossiyaliklar aviabombasi tushgan avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasi hududida yakson bo‘lgan avtomobillar
Donetsk oblasti rahbari Pavel Kirilenkoning matbuot xizmati
Rossiya aviabombalaridan biri tushgan joyda hosil bo‘lgan o‘ra
Donetsk oblasti rahbari Pavel Kirilenkoning matbuot xizmati
Aviabombadan vayron bo‘lgan «zapravka»ning ko‘rinishi
Donetsk oblasti rahbari Pavel Kirilenkoning matbuot xizmati

Donetsk oblastidagi oldingi chiziqda dron uchirayotgan ukrainalik askarlar

Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA

Baxmut atrofidagi ukrain artilleriyachilari

«Vagner» XHK rahbari Yevgeniy Prigojin 21 may kuni Baxmut to‘lig‘icha RF kuchlari nazoratiga o‘tganini e’lon qilgandi. Ammo Ukraina hukumati shahar chekkalarida va uning atrofida harbiy harakatlar davom ettirilayotganini ma’lum qilgan.
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA

Ukrainaning turli hududlaridan suratlar

Ko‘proq yangiliklar: