Buxoroda soliq idorasining soxta xodimi firib ustida ushlandi

O‘zbekiston 18:10 / 30.05.2023 8179

Buxoro viloyati huquq tartibot organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, o‘zini soliq idorasi xodimi deb tanishtirib, tadbirkordan pul undirmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi.

Qayd qilinishicha, Vobkent tumani Charmgaron mahallasida yashovchi 2000 yilda tug‘ilgan B.S. «Sabina Samira chorvasi» oilaviy korxonasi rahbarini aldab, unga o‘zini Kogon shahar DSI xodimi deb tanishtirib, korxonaga tegishli savdo do‘koni sotuvchisi tomonidan xarid cheki berilmagani haqida soliq idorasiga murojaat tushganini aytgan.

Bu qoidabuzarlikni ijobiy hal qilib berish evaziga 1 mln so‘m talab qilib, 2023 yil 26 may kuni Kogon shahar DSI binosi yonida pullarni olayotgan vaqtda ushlangan.

Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: