Kampirobod suv ombori yonidagi shahar - Xonobod | Manzil

O‘zbekiston 13:37 / 28.05.2023 18817

Yaqinda Qirg‘iziston bilan chegara bitimi tuzilib, Andijon (Kampirobod) suv ombori to‘liq O‘zbekiston hududida ekani tasdiqlangan edi. “Manzil” loyihasi shu suv ombor sababli bunyod etilgan Xonobod shahriga sayohat qildi. Daraxtlari ko‘pligi va yashillik saqlanib qolgani bilan dong taratgan Xonobod bugungi kunda turistlar uchun ajoyib maskanga aylangan.

Buyuk ipak yo‘lining bir qismi o‘tgani, tog‘dan oqib keluvchi Qoradaryo qirg‘og‘ida joylashgani sabab, Xonobod joylashgan joyda ancha qadimdan insonlar istiqomat qilgan. Bu yerga shahar maqomi esa 1972 yildan berilgan. Bunga Andijon suv omborining qurilishi sabab bo‘lgan.

Bu yerda suv ombori qurish haqidagi ilk takliflar 1917 yilda yangragan. Qurilish ishlari bo‘yicha qaror 1963 yilda e’lon qilingan. O‘sha paytda suv ombor qurilishi uchun 297 mln rubl ajratilgan. Qurilish 1969 yilda boshlanib, 1983 yilda tugatilgan. Suv omborining eng chuqur joyi 98 metrni tashkil qiladi. Eniga 6 km, uzunligi esa 20 km. Mana shunday katta suv ombori dambasini qurish maqsadida kelgan ishchilar va ularning oilalari uchun qurilgan ko‘p qavatli uylar, ijtimoiy obektlar Xonobod shahrining tashkil topishiga sabab bo‘lgan.

To‘g‘risi, Xonoboddagidek yashil shaharni haligacha boshqa hududlarda uchratganim yo‘q. Bunga ko‘rsatuvni ko‘rib o‘zingiz amin bo‘lasiz.

Tohirjon Tursunov,
Kun.uz'ning “Manzil” loyihasi uchun maxsus

Ko‘proq yangiliklar: