Qo‘qonda Gentra va Mercedes-Benz to‘qnashishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

Jamiyat 13:09 / 22.04.2023 24385

Ma’lum bo‘lishicha, 22 aprel kuni soat 08:00 larda berilgan dastlabki xabarga ko‘ra, haydovchi, 1998 yilda tug‘ilgan A.T Gentra rusumli avtomashinani shaharning Turkiston-Po‘stindo‘z ko‘chalari kesishgan chorrahada boshqarib kelayotgan bo‘lgan.

Shu vaqtda, 1972 yilda tug‘ilgan B.X boshqaruvidagi Mercedes-Benz rusumli avtomashina ikkinchi darajali yo‘ldan chiqib kelishi natijasida YTH sodir bo‘lgan.

Hodisa oqibatida Mercedes-Benz avtomashinasida bo‘lgan 2 nafar yo‘lovchi og‘ir tan jarohati olib, vafot etgan. Haydovchilar A.T va B.X. tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. 

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: