«Qizlar o‘rtasidagi mish-mish sabab shu holat yuzaga kelgan» - Yangihayotda «samosud» yuzasidan izoh berildi

Jamiyat 23:43 / 22.04.2023 58440

21 aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Yangihayot tumanidagi 331-maktabning bir guruh o‘quvchi qizlari o‘rtasida janjal kelib chiqqani ko‘rsatilgan video tarqalgandi.

8-sinf o‘quvchisi nima sabab kaltaklangani ochiqlandi. 331-maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Lola Begaliyevaning «Zamon» axborot dasturiga bergan intervyusiga ko‘ra, jabrlanuvchi bir behayo suratda yuqori sinfda o‘quvchi qiz tasvirlanganini aytib, maktabda mish-mish tarqatgan. Buni eshitgan yuqori sinf qizlari jabrlanuvchini 8-hududdagi qurilishi yakunlanmagan obektga olib borib, «samosud» qilishgan.

«Qizlarning ichida 7-8-9-10-sinf qizlari bo‘lgan. Jabrlangan qiz esa 8-sinfda o‘qiydi. Unga tazyiq o‘tkazganlari 9-10-sinf o‘quvchilari bo‘lgan. Qizlar o‘rtasidagi dedi-dedi, mish-mish, chaqimchilik sabab shu holat yuzaga kelgan. Qizlar bo‘lgan-bo‘lmagan gaplarni bir-biriga vositachi sifatida tarqatishgan»,— deydi maktab direktorining o‘rinbosari.

Eslatib o‘tamiz, holat 12 aprel kuni sodir bo‘lib, keyinroq video o‘quvchi qizlar tomonidan tarqatilgani aytilgandi. So‘ng vaziyatni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va IIBB o‘rganayotgani ma’lum qilindi. Hozircha jinoyat ishi qo‘zg‘atilganidan tashqari, qolgan tafsilotlar ochiqlangani yo‘q.

Ko‘proq yangiliklar: