So‘nggi 2 kunda dunyoda 250 ga yaqin zilzila qayd etildi

Jahon 20:38 / 07.02.2023 19562

Yevropa-O‘rtayer dengizi seysmologik markazi ma’lumotlariga ko‘ra, oxirgi 48 soat ichida dunyoda 4 balldan kuchli 241 ta zilzila qayd etildi. O‘rtacha har 12 daqiqada 1 zilzila yuz bermoqda.

Eng kuchli silkinishlar Sharqiy va Markaziy Turkiyada, shuningdek, Suriya qirg‘oqlari va Indoneziyada kuzatilgan.

Jumladan, Turkiya janubida 1 soat ichida 7 ta zilzila qayd etilgan.

6 fevral kuni ertalab Turkiyaning Suriya bilan chegarasida kuchli zilzila yuz bergan edi. Oqibatda 5 mingdan ortiq odam halok bo‘ldi, o‘n minglab odamlar jarohatlandi. Minglab uy-joylar vayron bo‘ldi.

Ko‘proq yangiliklar: