O‘zbekiston va Ispaniya mart oyida qo‘shma biznes-forum o‘tkazadi

Iqtisodiyot 09:43 / 07.02.2023 749

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Ispaniya o‘rtasida savdo-iqtisodiy sohadagi hamkorlik masalalari, joriy yil mart oyida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan qo‘shma biznes-forumda palata rahbariyati va a’zolarining ishtirokini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Mazkur tadbirda Ispaniyaning o‘ttizga yaqin yetakchi kompaniya vakillari ishtirok etishi ko‘zda tutilayotgani ma’lum qilindi. Tadbirda qator ikki tomonlama investitsiya loyihalari va eksport shartnomalari imzolanishi kutilmoqda. Temiryo‘l, qishloq xo‘jaligi, suvtejamkor sug‘orish texnologiyalari, shamol energetikasi, to‘qimachilik, charm sanoati, qurilish materiallarini ishlab chiqarish va boshqa yo‘nalishlarda hamkorlikda qo‘shma loyihalar bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.  

Bo‘lajak biznes-forumda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi boshchiligida tadbirkorlarning ishtirok etishga katta qiziqishi mavjudligi va puxta tayyorgarlik ishlari olib borilayotgani ma’lum qilindi.   

Ko‘proq yangiliklar: