Bir sinfdagi o‘quvchilar soni 20 nafarga qisqartirilmaydi – vazirlik

O‘zbekiston 21:37 / 07.02.2023 8758

O‘zbekistondagi maktablarda bir sinfdagi o‘quvchilar soni 20 nafarga qisqartirilmaydi, bu to‘g‘rida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar haqiqatdan yiroq. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.

«Ayni damda bir sinfda o‘quvchilar soni 35 nafardan oshmasligi belgilangan», deyiladi xabarda.

MMTV qayd qilishicha, yaqin 3 yil ichida maktablarda o‘rinlar soni oshirilishi belgilangan.

«O‘zbekiston Respublikasi prezidentining tegishli qaroriga ko‘ra, 2022-2026 yillarda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash hisobiga 1,2 million o‘quvchi o‘rni miqdoridagi yangi quvvatlar yaratilishi topshirilgan. Qaror bo‘yicha O‘zbekiston bo‘ylab 2899 ta maktabda qurilish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi», deyiladi xabarda.

Ko‘proq yangiliklar: