8-9 fevral kunlari Qamchiq dovonida noqulay ob-havo sharoiti kuzatiladi

O‘zbekiston 23:28 / 07.02.2023 8581

2023 yil 8-9 fevral kunlari A-373 «Toshkent – O‘sh» avtomobil yo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tgan qismida qor yog‘ishi, vaqti–vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik bo‘lishi, tuman kuzatilishi, ko‘rinuvchanlik 50 metrgacha qisqarishi, shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, yo‘lda yaxmalak va qor uyumlari yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Shuningdek, 8-13 fevral kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining sezilarli o‘zgarishlari sababli respublikaning tog‘li hududlarida, jumladan:

  • Qashqadaryo viloyati: Kitob, Shahrisabz tumanlarida;
  • Surxondaryo viloyati: Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun, Boysun tumanlarida;
  • Samarqand viloyati: Samarqand, Urgut tumanlarida;
  • Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal tumanlarida;
  • Toshkent viloyati: Parkent, Ohangaron, Bo‘stonliq tumanlarida va Chotqol tizmasining «Chimyon» tog‘larida;
  • Namangan viloyati: Pop tumanida;
  • Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona tumanlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilinadi.

Tog‘li xududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li xududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘raladi.

Ko‘proq yangiliklar: