2022 yilda O‘zbekiston avtomobillarni eng ko‘p Xitoydan import qildi

Iqtisodiyot 08:53 / 03.02.2023 3365

2022 yilda O‘zbekiston 34 ta xorijiy davlatlardan yengil avtomobillar import qilgan. 

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilda O‘zbekiston yengil avtomobillarni eng ko‘p import qilgan davlatlar orasida Xitoy birinchi o‘rinni egalladi – 11 159 ta.

Undan keyingi o‘rinlardan mos ravishda 9 414 ta hamda 7 208 ta yengil avtomobillar import qilingan Koreya va Qozog‘iston joy oldi.

Ushbu ro‘yxatda, shuningdek, Rossiya (1 499 ta), AQSh (555 ta), Yaponiya (157 ta), BAA (128 ta), Germaniya (125 ta) ham qayd etilgan.

Ko‘proq yangiliklar: