Yanvar oyi uchun inflatsiya darajasi e’lon qilindi 

Iqtisodiyot 09:37 / 01.02.2023 24463

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilning yanvar oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 0,8 foizga oshgan. 

Iste’mol sektoridagi narxlarning yillik o‘sish darajasi 12,2 foizga yetdi. 

2023 yilning yanvar oyida narxlar va tariflar o‘sishida yetakchi o‘rinlarni oziq-ovqat mahsulotlari egallab, oy davomida ularning narxlari o‘rtacha 1 foizga oshdi.

Shu davrda nooziq-ovqat tovarlari narxlari 0,6 foizga va aholiga pullik xizmatlar ko‘rsatish 0,7 foizga oshdi.

Ko‘proq yangiliklar: