Dog‘istonda yuzlab o‘lik tyulenlar topildi

Jahon 19:55 / 03.12.2022 9379

Rossiya tarkibiga kiruvchi Dog‘iston Respublikasining Kaspiy dengizi sohillarida 700 ga yaqin o‘lik tyulenlar topildi.

Baliqchilik federal agentligining Shimoliy Kavkaz hududiy boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, Maxachqal’a shahrining Kirovskiy tumanida yuzlab hayvonlar jasadi topilgan.

Topilgan tyulenlar soni yanada ortishi mumkin, ularning o‘limiga nima sabab bo‘lgani aniqlanmagan.

Hozirda Butunrossiya baliqchilik va okeanografiya ilmiy-tadqiqot institutining Volga-Kaspiy bo‘limi mutaxassislari hayvonlar o‘limiga nima sabab bo‘lganini aniqlash maqsadida ma’lumotlar yig‘ishga kirishdi. Shuningdek, ular laboratoriya tekshiruvlarini o‘tkazadilar.

Bu Kaspiy dengizi qirg‘oqlarida o‘lik hayvonlarning birinchi marta topilishi emas. 2021 yil may oyida 200 dan ortiq o‘lik tyulenning jasadi topilgan edi. Ularning o‘limi baliqchilar va brakonerlarning to‘rlariga tushishi bilan bog‘liq edi. 2020 yil dekabr oyida 272 ta o‘lik tyulenning jasadi topilgan, ular yuqumli kasallik tufayli halok bo‘lgani taxmin qilingan edi.

Ko‘proq yangiliklar: