Ispaniya dastlabki Hawk tizimlarini Ukrainaga topshirdi

Jahon 08:03 / 03.12.2022 10071

Ispaniya Ukrainaga Amerikaning dastlabki Hawk zenit-raketa komplekslarini topshirdi. Bu haqda Ukraina mudofaa vaziri Oleksiy Reznikov ma’lum qildi

"Men Odessada Ispaniya mudofaa vaziri Margarita Roblesni qabul qildim. Biz Ukraina uchun janglarda halok bo‘lgan qahramonlar xotirasiga hurmat bajo keltirdik va askarlarimizni gospitalda ziyorat qildik. Ispaniya Ukrainani qo‘llab-quvvatlaydi: gumanitar va xavfsizlik yordami davom etadi. Ispaniyada yana ko‘plab jangchilarimiz o‘qitiladi. Ispaniya bizning dastlabki Hawk'larimizni taqdim etdi", deb yozdi u.

Bundan oldin Ispaniya mudofaa vaziri Margarita Robles Odessaga tashrifi chog‘ida portlovchi moddalar solingan xatlarni yuborish ham, boshqa zo‘ravonlik harakatlari ham Ispaniya, NATO va Yevropa Ittifoqining Ukrainani qo‘llab-quvvatlash borasidagi «aniq va qat’iy» majburiyatini o‘zgartirmasligini aytgandi.

«Ukraina nafaqat o‘z suvereniteti va hududiy yaxlitligini, balki dunyo tinchligi va demokratik qadriyatlar hamjamiyatini himoya qilmoqda», — deya Roblesning so‘zlarini keltirgan Electomania.es internet portali. 

Shu bilan birga, u Rossiya prezidenti Vladimir Putinni xalqaro huquqning barcha normalarini buzganlikda aybladi va bir kun kelib Putin xalqaro jinoiy sud oldida chiqishiga umid bildirdi.

Ko‘proq yangiliklar: