Yoqutistondan Donbassga o‘tovlar va shamanlar yuboriladi

Jahon 08:13 / 02.12.2022 8749

Uning «Sibir. Realii» nashri tomonidan keltirilgan so‘zlariga ko‘ra, bu uylarda rus harbiylari shamanlik marosimini o‘tkazishi va dam olishlari mumkin bo‘ladi, u askarlarning ma’naviyatini oshirish va ularni davolashni "insonparvarlik yordamining" eng asosiy maqsadi deb atadi.

2 dekabrda yuboriladigan o‘tovlarda shamanlar askarlarga yaxshi ruhiyatini qaytaradi, chiqqan-singan suyakni soluvchi tabiblar esa «umurtqa pog‘onasini to‘g‘rilaydilar», deb tushuntirdi Bulutov.

Bundan oldin Rossiya 2023 yilda davlat mudofaa buyurtmasi doirasida harbiy mahsulotlar ishlab chiqarishni moliyalashtirishni deyarli 1,5 barobarga oshirishni rejalashtirayotgani aytilgandi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi hay’ati yig‘ilishida idora boshlig‘i Sergey Shoygu ma’lum qildi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu «qo‘shinlar va harbiy qismlarni qurol-yarog‘ hamda texnika bilan doimiy shay holatda 97 foiz darajada ta’minlash imkonini beradi», deb vazirning so‘zlaridan iqtibos keltirgan «Interfaks». 

Ukrainadagi urush va safarbarlik natijasida, Shoyguning so‘zlariga ko‘ra, «nazorat va ijroning barcha darajalarida davlat buyurtmalariga qo‘yiladigan talablar ortdi».

Ukraina harbiy qo‘mondonligi ma’lumotlariga ko‘ra, urushning to‘qqiz oyi davomida Rossiya yillik budjet daromadlarining chorak qismini – 82 milliard dollarni sarflab bo‘ldi. Buni Ukraina Forbes jurnali hisoblab chiqdi.

Ko‘proq yangiliklar: