Vazir: Ispaniya Ukrainani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘z majburiyatini bajaradi

Jahon 07:40 / 02.12.2022 2793

«Ukraina nafaqat o‘z suvereniteti va hududiy yaxlitligini, balki dunyo tinchligi va demokratik qadriyatlar hamjamiyatini himoya qilmoqda», — deya Roblesning so‘zlarini keltirgan Electomania.es internet portali. 

Shu bilan birga, u Rossiya prezidenti Vladimir Putinni xalqaro huquqning barcha normalarini buzganlikda aybladi va bir kun kelib Putin xalqaro jinoiy sud oldida chiqishiga umid bildirdi.

Bundan oldin Ispaniyada so‘nggi vaqt ichida yuborilgan va ichida portlovchi moddalar bo‘lgan beshta xat haqida ma’lum bo‘lgandi. Konvertlar mamlakat bosh vaziriga, Mudofaa vazirligiga, harbiy bazaga, Ukraina elchixonasiga va Ukraina uchun qurol ishlab chiqaruvchi kompaniyaga kelgan.

Ichida Ukrainaning Ispaniyadagi elchixonasida portlagan moddaga o‘xshash portlovchi moslama bo‘lgan xatlar mamlakat bosh vaziri Pedro Sanches, Ispaniya Mudofaa vazirligi va Madrid yaqinidagi mamlakat harbiy-havo kuchlari bazasiga ham yuborildi. 

Sanches uchun mo‘ljallangan portlovchi konvert 24 noyabr kuni uning xavfsizlik guruhi tomonidan topilib, zararsizlantirildi. Maktub oddiy pochta orqali keldi, deya xabar beradi mamlakat Ichki ishlar vazirligi. 

1 dekabr kuni mamlakat Mudofaa vazirligi va Torrexon-de-Ardos shahridagi harbiy aviabazada portlovchi moddalar solingan yana ikkita xat topildi. Maktub bazada joylashgan va Ukrainaga ma’lumot beruvchi Yevropa sun’iy yo‘ldosh markaziga yo‘llangan, deb yozadi el Mundo. Bazadan, shuningdek, Ispaniya tomonidan Ukrainaga taqdim etilgan qurol-yarog‘larni jo‘natish va yuqori martabali hukumat amaldorlarining rasmiy samolyotlarda parvoz qilishi uchun ham foydalaniladi.  

Shu tariqa, Ispaniyada so‘nggi vaqt ichida yuborilgan va ichida portlovchi moddalar bo‘lgan beshta xat haqida ma’lum bo‘ldi. Bir kun oldin bunday konvertlar Ukrainaning Ispaniyadagi elchixonasiga va qurol, shu jumladan Ukraina uchun ham ishlab chiqaruvchi Instalaza kompaniyasiga kelgan. 

Ko‘proq yangiliklar: