Edvard Snouden qasamyod qildi va Rossiya pasportini oldi

Jahon 18:13 / 02.12.2022 9582

AQSh Milliy xavfsizlik agentligining sobiq xodimi Edvard Snouden qasamyod qilib, Rossiya pasportini oldi. Bu haqda uning advokati Anatoliy Kucherena xabar berdi.

«Ha, pasport oldi. Qasamyod qildi», dedi advokat.

Advokat, shuningdek, Snoudenni bir kun oldin ko‘rganini va uning ahvoli yaxshi ekanini qayd etgan.

Sentyabr oyi oxirida Rossiya Federatsiyasi prezidenti farmoni e’lon qilindi, unga ko‘ra AQSh Milliy xavfsizlik agentligining sobiq xodimi Edvard Snoudenga Rossiya fuqaroligi berildi.

2017 yilda Snouden va amerikalik sportchi Lindsi Mills Moskvada turmush qurishgan edi.

Kucherenaning aytishicha, Snoudenning rafiqasi hozirda Rossiya fuqaroligini olish uchun ariza topshirgan.

2013 yilda Snouden AQSh razvedka idoralarining butun dunyo bo‘ylab kuzatuv dasturlarini matbuotda oshkor qilgan edi. Ma’lumotlar keng muhokamaga sabab bo‘ldi. Shundan so‘ng, unga vatanida josuslik va davlat mulkini o‘g‘irlash bo‘yicha sirtdan ayblov qo‘yildi. Snouden avval Gonkongga, keyin esa Rossiyaga qochib ketgan edi. AQSh hukumati Snoudenni qidiruvga bergan. 

Ko‘proq yangiliklar: