Rossiya 2023 yilda 124 ming mehnat migrantini jalb qilmoqchi 

Jahon 23:47 / 01.12.2022 12389

Rossiya 2023 yilda deyarli 124 ming xorijiy ishchini jalb qilishni rejalashtirmoqda. Rossiya hukumatining tegishli qarori payshanba kuni normativ-huquqiy hujjatlarning rasmiy internet portalida e’lon qilindi. 

«2023 yil uchun Rossiya Federatsiyasiga viza asosida keladigan 123 943 nafar xorijiy ishchilarni jalb qilish zarurati belgilansin», — deyiladi hujjatda. 

Qarorga ko‘ra, xorijliklarning eng ko‘pini quyidagi sohalarga jalb qilish rejalashtirilgan: 32 808 kishi tog‘-kon sanoati, kapital konchilik, qurilish-montaj ishlariga; 23 664 kishi yirik va kichik sanoat korxonalariga; 14 343 kishi metallga ishlov berish va mashinasozlik sanoatiga. 

Malakasiz ishchi kuchiga ehtiyoj 7,2 mingdan ortiq kishini tashkil etadi. 

2023 yilda Rossiyaga kirish uchun taklifnomalar va chet el fuqarolariga ishlash uchun ruxsatnomalar berish kvotasi ham 123 943 dona etib belgilandi.

Ko‘proq yangiliklar: