«Vagner» Afrika qamoqxonalaridan mahbuslarni yollashni boshladi

Jahon 00:18 / 30.11.2022 13214

«Putin oshpazi» laqabi bilan tanilgan Yevgeniy Prigojinga tegishli bo‘lgan «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi Markaziy Afrika Respublikasidagi (MAR) qamoqxonalardan odamlarni boshqa mintaqalar, jumladan, Ukrainadagi jangovar harakatlarda qatnashish uchun yollashni boshladi. Bu haqda The Daily Beast ushbu mamlakatning yuqori martabali ikki ofitseriga tayanib yozmoqda.

Vagnerchilar o‘nlab isyonchilarni, shu jumladan ayollar va bolalarni o‘ldirish va zo‘rlashda ayblagan mahbuslarni yollamoqda. Ularning aksariyati fuqarolar urushi davrida qariyb o‘n yil davomida MAR hududining katta qismini nazorat qilgan, tinch aholiga zo‘ravonlik qilgan va ularni qo‘rqitgan terrorchilardir.

«Vagner» oktyabr oyida mahbuslarni yollashni boshlagan. «Hech kim ularni to‘xtata olmaydi, chunki hukumat ularga xohlagancha harakat qilish huquqini bergan», dedi ofitserlardan biri.

«Vagnerchilar Mali va Ukrainada zudlik bilan odamlar kerakligini aytishdi. O‘ylaymanki, biz ushlab turgan 20 dan ortiq jinoyatchi ozod qilindi», dedi ikkinchi manba.

«Vagner» shu yil yozda Rossiya koloniyalarida mahbuslarni yollashni boshlagan edi. Yevgeniy Prigojin Rossiya koloniyalaridagi mahbuslar bilan shaxsan uchrashib, Ukrainadagi jangovar harakatlarda 6 oy qatnashib bersa, ozodlikka chiqishini va’da bergan.

Prigojinning o‘zi ham avvalroq o‘g‘rilik, firibgarlik va voyaga yetmaganlarni jinoiy faoliyatga jalb qilishda ayblanib sudlangan. Uning yollanma askarlari xorijdagi ko‘plab operatsiyalarda, asosan (Ukrainaga bostirib kirishda bo‘lgani kabi) Rossiya Davlat razvedka boshqarmasi qo‘mondonligi ostida qatnashadi. U «Putin oshpazi» laqabini olgan, chunki Kremlda ziyofatlarni uyushtirgan.

Ko‘proq yangiliklar: