Shoygu 300 mingdan ortiq harbiyni tayyorlash jarayoni tugaganini e’lon qildi 

Jahon 20:40 / 30.11.2022 10039

Qisman safarbarlik doirasida, ikki oy ichida 300 mingdan ortiq zaxiradagi askarlar va ko‘ngillilar o‘qitildi, dedi Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu. Ularni tayyorlashga 3 mingga yaqin instruktor jalb qilingan. 

«Ikki oy davomida 300 mingdan ortiq zaxiradagi askar, jumladan, ko‘ngillilar o‘qitildi. O‘quv markazlarida sakkiz mingga yaqin jangovar texnika va tank ekipajlari, artilleriya tizimlari ekipajlari, havo hujumidan mudofaa tizimlari, uchuvchisiz samolyotlar va elektron urush tizimlari, aloqa vositalari mutaxassislari tayyorlandi», — dedi Shoygu. 

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, safarbar qilinganlarni tayyorlashga 3 mingga yaqin instruktor jalb qilingan, Rossiya va Belarusdagi 100 dan ortiq poligondan foydalanilgan. 

«Harbiy xizmatchilar jangovar va maxsus topshiriqlarni muvaffaqiyatli bajarish uchun zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldi», – dedi Shoygu. 

Noyabr oyida prezident Vladimir Putin qisman safarbarlik doirasida 318 ming rossiyalik armiyaga chaqirilganini ma’lum qilgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘ngillilar tufayli 300 ming kishini chaqirish haqidagi dastlabki reja ortig‘i bilan bajarilgan. 

«Safarbar qilinganlardan 49 ming kishi armiya safida jangovar vazifalarni bajarishga jo‘natildi. Qolganlari mashg‘ulotlarda qatnashmoqda», degan edi Putin. 

Ko‘proq yangiliklar: