AQSh Ukrainaga energiya tizimini tiklashga yordam beradi

Jahon 00:53 / 30.11.2022 6305

AQSh hukumati Rossiyaning yirik raketa zarbalari oqibatida shikastlangan energetika tizimini tiklash uchun Ukrainaga 53 million dollar ajratdi. Mablag‘lar tarmoqni tiklash uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalarni sotib olishga sarflanishi kerak.

AQSh Davlat departamenti xabariga ko‘ra, yordam paketi transport vositalari, transformatorlar, ajratgichlar, energiya sakrashidan himoya vositalari, avtomatik o‘chirgichlar va boshqa muhim jihozlarni o‘z ichiga oladi. Uskunalar imkon qadar tezroq Ukrainaga yetkazilishi ko‘zda tutilgan.

Avvalroq, Ukraina energetika sektorini favqulodda qo‘llab-quvvatlash uchun Qo‘shma Shtatlar 55 million dollar ajratgan edi.

Rossiya bir necha haftadan buyon Ukraina hududidagi energetika obektlariga raketa zarbalarini bermoqda. Oqibatda mamlakat hududida jiddiy energiya inqirozi yuz bergan. 29 noyabr kuni «Ukrenergo» mamlakatda elektr energiyasi taqchilligi 30 foizni tashkil etgani haqida xabar berdi.

Ko‘proq yangiliklar: