AQSh Eronning yadroviy dasturini harbiy yo‘l bilan to‘xtatishga tayyorligini bildirdi 

Jahon 23:26 / 30.11.2022 10649

AQSh prezidenti Jo Bayden Eron yadro quroliga ega bo‘lishining oldini olish uchun «so‘nggi chora sifatida» harbiy yo‘ldan foydalanishga tayyor, biroq hozircha bu talab qilinmayapti. Bu haqda Qo‘shma Shtatlarning Eron bo‘yicha maxsus vakili Robert Malli ma’lum qildi. 

«Prezident Eron yadro quroliga ega bo‘lishining oldini olishga yordam beradigan harbiy ssenariyga so‘nggi chora sifatida rozi bo‘lishini aytdi. Biroq, buning vaqti hali kelmadi», — dedi Malli. Uning qo‘shimcha qilishicha, Vashington bu masalani hal qilishda hamon diplomatiyani afzal ko‘radi. 

22 noyabr kuni Eronning ISNA agentligi Tehron Fordodagi yerosti yadroviy inshootida uranni 60 foizgacha boyitishni boshlagani haqida xabar berdi. Yadro qurolini ishlab chiqarish uchun uran 90 foizga boyitilgan bo‘lishi kerak. Fransiya, Buyuk Britaniya va Germaniya Eronni yadroviy kelishuvni buzganlikda aybladi.

Ko‘proq yangiliklar: