AQSh demokratlari Nensi Pelosi o‘rniga yangi nomzodni sayladilar 

Jahon 22:43 / 30.11.2022 7858

Nyu-York shtati vakili Hakim Jyeffris AQSh Kongressi quyi palatasida demokratlar fraksiyasi rahbari qilib saylandi. Bu lavozimda u 82 yoshli Nensi Pelosi o‘rnini egalladi.  

CNN xabariga ko‘ra, partiya ichidagi ovoz berish jarayoni yopiq eshiklar ortida o‘tgan. 

Jyeffris AQSh Kongressi palatalaridan birida partiya fraksiyasi rahbari lavozimiga saylangan birinchi qora tanli inson bo‘ldi. 

U yanvar oyidan boshlab, oraliq saylovlarda AQSh qonun chiqaruvchi organi quyi palatasida ko‘pchilikni yo‘qotgan demokratlar rahbari sifatida o‘z vazifasini bajarishga kirishadi. 

Avvalroq, Pelosi AQSh parlamenti quyi palatasidagi Demokratik partiya fraksiyasi rahbari lavozimidan bosh tortgani, ammo bu lavozimda kimni qo‘llab-quvvatlashini aytmagani ma’lum bo‘lgan edi. 

Qayd etilishicha, Demokratik partiyaning turli vakillari Pelosining o‘rniga qora tanli siyosatchi saylanishini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini ma’lum qilgan. Xususan, Vakillar palatasida ko‘pchilik demokratlar yetakchisi Sten Hoyyer allaqachon Jyeffris nomzodini ma’qullagan. 

Ko‘proq yangiliklar: