Stoltenberg: Rossiyaning Ukrainaga yangi hujumlariga tayyor bo‘lish kerak

Jahon 08:45 / 29.11.2022 8164

Avvalroq Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ham kelgusi hafta Rossiya Qurolli kuchlari Ukrainaga qarshi yangi zarbalar tayyorlayotgani uchun qiyin bo‘lishini taxmin qilgan edi. 

«Ularda raketalar bor ekan, ular tinchlanmaydi», deb ta’kidladi Zelenskiy.

Bundan oldin alyans bosh kotibi Yyens Stoltenberg NATO Ukrainaga o‘zini himoya qilish va o‘z qurolli kuchlarini g‘arb standartlariga javob beradigan zamonaviy armiyaga aylantirishda yordam berishini aytgandi.

29-30 noyabr kunlari Ruminiyada bo‘lib o‘tadigan NATO tashqi ishlar vazirlarining yig‘ilishidan oldin jurnalistlar bilan suhbatda Stoltenberg Kiyevga havo hujumidan mudofaa tizimlarini yetkazib berishni xohlayotgan davlatlarni buni davom ettirishga chaqirdi.

Yyens Stoltenberg Rossiyaning katta harbiy salohiyati va katta yo‘qotishlarni hisobga olishga tayyorligiga e’tibor qaratish kerakligini ta’kidladi. U Ukrainani qancha vaqt kerak bo‘lsa, shuncha qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.

Rossiya Qurolli kuchlarining so‘nggi mag‘lubiyatlariga qaramay, Rossiyaning harbiy salohiyatini e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmaydi, deydi NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg. «Ishonchimiz komilki, Rossiya katta yo‘qotishlarni hisobga olishga tayyor», — dedi u Bryusselda Yevropa Ittifoqi mudofaa vazirlarining yig‘ilishida.

Ko‘proq yangiliklar: