Rossiyada safarbarlik qurilishlarda kadrlar yetishmovchiligini kuchaytirdi

Jahon 10:37 / 29.11.2022 5137

Rossiyada e’lon qilingan safarbarlik koronavirus pandemiyasi natijasida boshlangan qurilish sanoatidagi qiyinchiliklarni yanada kuchaytirdi. Bu qurilishda besh yillik rekord darajadagi ishchi kuchi yetishmasligiga olib keldi: hozir sanoatda zarur ishchilar sonining deyarli 25 foizi yetishmaydi, deb yozadi 28 noyabr, dushanba kuni «Kommersant» Infratuzilma kompaniyalari milliy assotsiatsiyasi (NAIK) va Sherpa Group so‘roviga tayanib.

Ilgari kuzatilgan ishchilar taqchilligi 2022 yilda geosiyosiy omil va safarbarlik tufayli yomonlashdi, deya nashr Sherpa Group bosh direktori Aleksandra Galaktionovaning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda, u qurilish ishchilarining taqchilligini 20-25 foizga baholamoqda.

"Vizavi Konsalt" ishga qabul qilish agentligining "Qurilish va development" amaliyoti bo‘yicha eksperti Natalya Trubchaninovaning so‘zlariga ko‘ra, qurilish kompaniyalarida safarbar etilganlarning ulushi 7-8 foizni tashkil etgan, yana 2-3 foizi esa o‘z hududlariga qaytgan yoki Rossiyani tark etgan. Trubchaninovaning fikricha, qurilish sohasida kadrlar tanqisligi kamida 12-15 foizni tashkil etadi, bu oxirgi besh yil davomida kuzatilmagan.

Ayniqsa, malakali muhandislar yetishmaydi, deya tushuntirdi «Smart Injinirs» bosh direktori Husayn Pliyev. Uning fikricha, yaqin kelajakda yuqori malakali mutaxassislar yetishmovchiligini to‘ldirishning iloji bo‘lmaydi, chunki mavjud ta’lim tizimi kerakli miqdordagi muhandislar bilan ta’minlamaydi.

Ko‘proq yangiliklar: