Pokiston toliblari hukumat bilan sulh bitimini bekor qildi

Jahon 02:49 / 29.11.2022 10300

Pokistonning «Tahriki Tolibon» (TT) radikal guruhi iyun oyida mamlakat hukumati bilan kelishilgan o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi sulhni bekor qildi.

The Express Tribune xabariga ko‘ra, guruh rahbariyati o‘z jangarilariga mamlakat bo‘ylab teraktlar uyushtirishni buyurgan.

Oxirgi haftalarda TT hukumat bilan tinchlik muzokaralarini olib borayotgan edi. Biroq, muzokaralar jarayoni bir qator kelishmovchiliklar tufayli to‘xtab qoldi. Chunki, TTP tinchlik bitimi tuzilgan taqdirda qurollarni tashlashdan bosh tortgan.

Guruh muloqot davomida natijalarga erishish uchun «o‘ta sabr qilganini» aytmoqda. Biroq, mamlakat armiyasi va razvedkasi guruhga qarshi doimiy operatsiya o‘tkazgan va hujumlar qilgan. Endi TT o‘z tarafdorlarini «qayerda imkoniyat bo‘lsa» shu joyda hujum qilishga chaqirmoqda.

«Tahriki Tolibon» Pokistonda shariat qonunlarini o‘rnatishga intilayotgan bir qancha guruhlar uyushmasidan iborat. U birinchi marta 2021 yil 10 noyabrda Afg‘onistonning «Tolibon» guruhi ko‘magida Pokiston hukumati bilan vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi kelishuvni imzolagan edi.

Ko‘proq yangiliklar: