BMT 24 fevraldan beri Ukrainada halok bo‘lgan tinch aholi sonini e’lon qildi

Jahon 00:58 / 29.11.2022 9298

Rossiya bosqini boshlangan 24 fevral kunidan beri Ukrainada 6,5 mingdan ortiq tinch aholi halok bo‘ldi, 10,3 ming nafari yaralandi. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi (IHOKB) hisobotida ma’lum qilindi.

Jumladan, 24 fevraldan 27 noyabrgacha Ukrainada 17023 nafar tinch aholi jabrlangan: 6655 kishi halok bo‘lgan, 10368 nafari yaralangan.

Rossiya tomonidan nazorat qilinadigan hududda 2002 jabrlangan ro‘yxatga olingan: 460 kishi halok bo‘lgan va 1542 kishi yaralangan.

Tashkilot hisobotida aytilishicha, Ukrainada 2601 erkak, 1783 ayol, 173 qiz bola va 209 o‘g‘il bola, shuningdek, jinsi noma’lum 37 bola va 1852 nafar katta halok bo‘lgan.

Jarohat olganlar orasida 2245 nafar erkak, 1604 nafar ayol, 215 nafar qiz bola va 304 nafar o‘g‘il bola, shuningdek, jinsi noma’lum bo‘lgan 250 nafar bola va 5750 nafar katta bor.

Ko‘proq yangiliklar: