Mask Twitter tarmog‘ida belgilar chegarasini oshirmoqchi 

Jahon 23:35 / 28.11.2022 6073

Twitter bosh direktori Ilon Mask yaqin kelajakda ijtimoiy tarmoq postlaridagi belgilar chegarasini 280 dan 1000 taga oshirishni rejalashtirayotganini aytdi. 

U Twitter foydalanuvchisining taklifiga javoban o‘z rejalarini ma’lum qildi. «Ha, bu mening vazifalarim ro‘yxatida», dedi Mask. Ilgari milliarder belgilar sonini 420 taga yetkazish haqida gapirgan edi. 

Twitter platformasini 44 milliard dollarga sotib olganidan bir necha kun o‘tgach, Mask foydalanuvchilarga uzunroq tvitlar va videolarni joylashtirishga ruxsat berishga tayyorligini aytdi. 

Twitter hozirda bitta postni 280 ta belgi bilan cheklaydi, biroq foydalanuvchilar belgilar sonini ko‘paytirish masalasida ikkita qarama-qarshi tarafga ajralgan. 

Dastlab, ijtimoiy tarmoqdagi bitta post 140 belgi bilan chegaralangan edi. Limit tarafdorlari fikricha, chegara fikrlar va bayonotlarni yanada aniqroq shakllantirishga yordam beradi, shuningdek, ko‘proq foydalanuvchilarning xabarlarini qisqa vaqt ichida o‘qish imkonini yaratadi. 

Avvalroq, Mask yaqin orada foydalanuvchilar postiga uzunroq matnlarni biriktirish imkoniyatini joriy qilish niyatida ekanini aytgan edi. 

Ko‘proq yangiliklar: