Havayida dunyodagi eng yirik vulqonlardan biri «uyg‘ondi» 

Jahon 23:34 / 28.11.2022 8460

Ushbu vulqon Yer yuzidagi faol vulqonlarning eng kattasi bo‘lib, qirq yildan beri «uyquda» edi.  

Hozircha, lava oqimlari vulqon qozoni (kaldera) ichida qolmoqda, ammo istalgan vaqtda tashqariga otilishi mumkin. Shu sababli, vulqonga yaqin joylarda favqulodda xizmatlar to‘liq tayyorgarlik holatiga keltirilgan. Agar lava oqishi boshlansa, atrofdagi hududlar aholisi zudlik bilan evakuatsiya qilinadi. 

AQSh Geologik xizmati «lava kalderadan oqib chiqqanga o‘xshayotgani» haqida xabar berdi.

Havayi Yer yuzidagi vulqonlari eng faol bo‘lgan hududlardan biri hisoblanadi. U yerda oltita faol vulqon bo‘lib, iqtisodiyotga jiddiy zarar yetkazgan so‘nggi otilish 2018 yilda sodir bo‘lgan edi. 

Ko‘proq yangiliklar: