G7 adliya vazirlari Ukrainadagi urush jinoyatlarini muhokama qiladi

Jahon 07:48 / 28.11.2022 2317

«Katta yettilik» mamlakatlari adliya vazirlari («Yettilik guruhi») 28-29 noyabr kunlari Berlinda Ukrainadagi harbiy jinoyatlar uchun jazo choralarini muhokama qiladi. Bu haqda 26 noyabr, shanba kuni Germaniya Adliya vazirligi rahbari Marko Bushman ma’lum qildi.

«Biz birinchi navbatda Ukraina hududida sodir etilgan va biz sud va jazolashni istagan dahshatli urush jinoyatlari haqida gaplashamiz», dedi u. Yig‘ilishda, xususan, tergov harakatlarini yanada muvofiqlashtirishga e’tibor qaratiladi.

Bushmanning so‘zlariga ko‘ra, «xalqaro jinoyat huquqi harbiy jinoyatlar qayerda va kim sodir etishidan qat’i nazar, jazosiz qolmasligi kerak»ligiga asoslanadi.

Marko Bushmanning qo‘shimcha qilishicha, bu «tarixiy uchrashuv» bo‘lib, unda adliya vazirlari birinchi marta ushbu formatda muloqot qilishadi.

Ayni paytda, Germaniyada urush jinoyatlarini inkor etishning o‘zi jinoyatga aylanadi. Qaror Bundestag tomonidan qabul qilingan.

Urush jinoyatlari va genotsidning og‘irligini ma’qullash, inkor etish va qo‘pol baho berish endilikda Germaniya Federativ Respublikasi Jinoyat kodeksining 130-moddasining yangilangan beshinchi bandiga kiradi va «millatlararo adovatni qo‘zg‘atuvchi» deb hisoblanadi. Holokostni inkor etish Germaniyada allaqachon jinoyat hisoblanadi, chunki u jamoat tinchligini buzadi.

Ko‘proq yangiliklar: