2050 yilgacha Markaziy Osiyoda 5 million iqlim muhojiri paydo bo‘ladi

Jahon 13:54 / 28.11.2022 14768

28 noyabr kuni O‘zbekiston delegatsiyasining BMT iqlim o‘zgarishi bo‘yicha doiraviy konvensiyasi 27-yig‘ilishidagi ishtirokiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida Yer yuzida keyingi 30 yilda paydo bo‘ladigan iqlim muhojirlari haqida prognozlar e’lon qilindi.

O‘zgidromet bosh direktor o‘rinbosari Ibratjon Karimovga ko‘ra, 2050 yilga borib, Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi 5 mln kishi iqlim muhojiriga aylanishi mumkin.

“Markaziy Osiyo mamlakatlarida ham kelayotgan 30 yillikda iqlim muhojirlari soni 5 mlnga yaqinlashib, ular o‘zlari yashab turgan makonni tashlab, boshqa hududlarga ko‘chib o‘tishga majbur bo‘lishi prognozlarda keltirilgan”, – dedi u.

Ma’lum bo‘lishicha, Jahon banki hisob-kitoblariga ko‘ra, 2050 yilga borib, dunyoning 6 mintaqasida jami 216 mlnga yaqin kishi aynan iqlim o‘zgarishi, qurg‘oqchilik, suv yetishmovchiligi va noqulay bioiqlimiy sharoitlar tufayli “iqlim muhojirlari”ga aylanishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: