OAV: Ukraina G‘arb gaubitsalaridan to‘liq foydalana olmayapti

Jahon 14:42 / 27.11.2022 8613

Ukraina G‘arbdan yetkazib berilgan taxminan 350 ta gaubitsadan bir vaqtning o‘zida faqat uchdan ikki qismini qo‘llay oladi. Bu haqda The New York Times nashri AQSh va Ukrainadagi manbalariga tayanib xabar bermoqda.

Maqolada keltirilishicha, qurollar frontda muntazam ishlatilayotgani tufayli ularning uchdan bir qismi doimo ta’mirlashga muhtoj bo‘ladi. Xususan, manbalar so‘zlariga ko‘ra, foydalanilayotgan 155-millimetrli snaryadlarning ayrimlari avval sinovdan o‘tkazilmagan, endi esa bunday o‘q-dori gaubitsa stvollarini tezroq ishdan chiqarishi ma’lum bo‘lmoqda.

Gazetaning aniqlashicha, AQSh mudofaa vazirligi shikastlangan qurollarni tiklash uchun Polshada ta’mirlash ustaxonasi tashkil etgan.

Ukrainlarda sovetlar namunasidagi gaubitsalar uchun snaryadlar tugay boshlagach, G‘arb yetkazib beradigan artilleriya ular uchun eng kerakli yordamga aylandi.

Ko‘proq yangiliklar: