ISW: Ukrainadagi harbiy harakatlar yaqin haftalarda kuchayadi

Jahon 17:22 / 27.11.2022 19846

Ukrainada front chizig‘i bo‘ylab harbiy harakatlarning umumiy sur’ati so‘nggi kunlarda noqulay ob-havo tufayli sekinlashgan, ammo janglar intensivligi dekabrning birinchi haftasi va keyingi haftalarda o‘sa boshlashi mumkin. Bu haqda Amerikadagi Urushlarni tadqiq qilish instituti (ISW)ning har kungi hisobotida keltiriladi.

Meteorologlar prognozlariga ko‘ra, noyabr oyi oxiri — dekabr oyi boshlarida Ukraina shimoli-sharqida havo keskin sovishi kutilmoqda. Bu esa shuni anglatadiki, tuproq harbiy texnika va piyodalar harakati qulay bo‘lishi uchun yetarli darajada muzlaydi.

Shu bilan birga ISW ekspertlari mojaro tomonlari ob-havo sharoitlari o‘zgarishidan keyin yurish boshlashga tayyorlanayotgani to‘g‘risida tasdiqlangan ma’lumotlarga ega emasliklarini ta’kidlashgan.

Frontdagi vaziyat

Ko‘proq yangiliklar: